Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-01-15 16:12:16    273

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar

Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo’lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan, 15 dan 16 yoshgacha bo’lganlar uchun esa haftasiga 24 soatdan oshmasligi lozim.

Muddatli harbiy xizmatni o’tagan va kontrakt bo’yicha o’qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to’lab beriladi.

Kontrakt asosida o’qiyotgan talabalarga ta'lim krediti beriladi.

Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – “Yoshlar daftari” ishga tushirilgan.

“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning nogiron oila a'zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 million 700 ming so’m) miqdorida yordam ko’rsatiladi.

Nogironligi bo’lgan yoshlarga o’qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (17 million so’m) miqdorda subsidiya ajratiladi. 

Davlat oliy ta'lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to’plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 13 turdagi yordam beriladi.

Ayrim yoshlar OTMga o’qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to’lovlardan ozod etiladi.

“Moziyga sayohat” dasturi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram