15 YANVAR – FARG’ONA VILOYATI TASHKIL TOPGAN KUN
2024-01-15 16:09:48 155
15 yanvar – Farg’ona viloyati tashkil topgan kun
FARG’ONA VILOYaTI 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Farg’ona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirg’iziston, g’arbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh.
Maydoni: 6,8 ming km2.
Aholisi 2023 yil 1 aprel 3 994 800 kishi bo’lib, shundan, erkaklar 50,3 %, ayollar esa 49,7 % ni tashkil etadi.
Shahar joylarida yashovchi aholi jami aholining 56,7 % ga to’g’ri keladi.
Farg’ona viloyati tarkibida 4 ta shahar va 15 ta tuman bor.
Markazi – Farg’ona shahri.
Asosiy sanoat tarmoqlari – yoqilg’i (neftni qayta ishlash), yengil sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati.
Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari – donchilik, paxtachilik, bog’dorchilik, uzumchilik, go’sht-sut chorvachiligi, parrandachilik, ipakchilik.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram