Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 210 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSABAT

×

 2024-01-13 15:23:31    343

PDF yuklash
Chop etish


Munosabat


Bahodirjon Safoyev - Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini raisi: 


- Tuman konferentsiyasida ishtirok etib, mahalla raisi faoliyati uchun zurar bo’lgan tajribalarga ega bo’ldim. O’ylaymanki, unda ko’tarilgan har bir fikr, taklif va muhokama qilingan masalalarning barchasi soha taraqqiyotiga xizmat qiladi.


Yurtimizda mahalla tizimining tutgan o’rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Buni yangi qabul qilinayotgan farmon va qarorlar misolida yaqqol ko’rish mumkin. “Mahalla beshligi”ning faoliyati kengaytirilib, “mahalla yettiligi” tashkil etilgani oldimizda qanchadan-qancha ustuvor vazifalar turganidan dalolatdir. Endilikda har qanday ijtimoiy yordamni birgalikda, bamaslahat, o’zaro hamfikr hal etishimiz mumkin. 


Konferentsiyada Prezident raisligida ma'naviyat sohasida o’tkazilgan yig’ilish haqida mazmun-mohiyati tushuntirildi. Aytilganidek, hozirgi globallashuv davrida yomon illatlar oilamizga, ongu shuurimizga kirib kelib, chalkashliklar keltirib chiqarayotgani bor gap. Bu tahdiddan, ayniqsa, yoshlarimiz ko’proq aziyat chekmoqda. Shu bois yoshlar bilan ko’proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolariga yechim topish, bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratish — eng xalqchil idora sifatida mahalla oldidagi ulkan mas'uliyat sanaladi.


Umuman olganda, Konferentsiya ishida tizimdagi o’zgarishlar birma-bir aytib o’tildi. Faoliyatimizda asqotadigan, ommalashtiradigan bilimlarga ega bo’ldik. 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram