SO’X TUMANIDA MAHALLANI QO’LLAB-QUVVATLASH KENGASHINING TASHKILIY YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI
2024-01-13 15:17:10 506
So’x tumanida mahallani qo’llab-quvvatlash Kengashining tashkiliy yig’ilishi bo’lib o’tdi
Mahalla ma'naviyat beshigi, chinakam tarbiya o’chog’idir. Ushbu tizim rolini yanada oshirish, tizimda fa'oliyat olib borayotgan mutasaddilarning ish jarayonida ijobiy o’zgarishlarni joriy etishga qaratilgan ishlar ko’lamini kengaytirish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar zamirida xalqimizning manfaatlari mujassam.
Yangi O’zbekistonda mahalla fuqarolar yig’inlari xalq bilan muloqot qilish va inson manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan ezgu vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo’g’in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida”gi 209-sonli Farmon hamda “O’zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo’lga qo’yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 402-sonli qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni bajarish yuzasidan bugun tuman hokimligi majlislar zalida mahallani qo’llab-quvvatlash Kengashining tashkiliy yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Tuman hokimi, hokim o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va keng jamoastchilik vakillari qatnashgan mazkur kengaytirilgan tadbirda davlatimiz rahbari imzosi bilan qabul qilingan 209-sonli Farmon va 402-sonli Qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ushbu masala yuzasidan ishtirokchilar tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ma'ro’zasini tinglashdi.
Shuningdek, tadbirda davlatimiz rahbari raisligida 2023 yil 22 dekabrda o’tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig’ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar to’g’risida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x tuman bo’linmasi rahbari Gulshanjon Ibragimov ma'ro’za qildi.
Sektor rahbarlari, tumandagi 27 mahalla fuqarolar yig’inilari raislari, boshqa jamoatchilik vakillaridan iborat kengash a'zolari ishtirokidagi tashkiliy yig’ilishda viloyat Kengashining tashkili yig’ilishiga 4 nafar delegatlar saylab olindi.
Tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalasalari ham muhokama qilinib, bu borada ustuvor vazifalar belgilab olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram