2-SEKTOR HUDUDIDAGI “AYOLLAR DAFTAR”I GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA KO’RSATILGAN YORDAMLAR RAQAMLARDA
2024-01-11 11:23:17 442
2-sektor hududidagi “Ayollar daftar”i ga kiritilgan xotin-qizlarga ko’rsatilgan yordamlar raqamlarda
So’x tumani hokimligi oila va xotin-qizlar bo’limi mutasaddilarining bizga bergan ma'lumotlariga asosan 2-sektor hududida jami “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar soni 697 nafarni tashkil etadi. Yil davomida barcha ruyixatdagi ayollar va xotin-qizlarga amaliy yordam ko’rsatilgan.
1-toifa ruyixatiga kiritilgan ayollar soni 482 nafarni tashkil etadi va bu ayollarning barchasi 100 foiz ish bilan ta'minlangan.
2-toifa - tadbirkorlik qilish bo’yicha “Ayollar daftari”ga kiritilganlar soni 33 nafarni tashkil etadi.
3, 4, 6-toifa - boquvchisi bo’lmagan, I va II-guruh nogironi bo’lgan xotin-qizlar va qaramog’ida nogiron farzandlari bor xotin-qizlarga “Ayollar jamg’armasi” tomonidan bir martalik moddiy yordam ko’rsatildi. Umumiy soni 182 nafar bo’lgan bu xotin-qizlarga 1 million 200 ming so’mdan, jami 218 milion 400 ming so’m mablag’ berilgan.
Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II-guruh nogironligi bo’lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand 69 nafar xotin-qizlar sektor kesimida ruyixatga olingan. Bugungi kunda barcha ayollarga amaliy yordam berilib, “Ayollar daftari” jamg’armasi hisobidan 73 million 200 ming so’m mablag’ yo’naltirildi.
Qaramog’ida nogironligi bo’lgan farzandi mavjud ehtiyojmand 59 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg’armasi hisobidan 70 million 900 ming so’m mablag’ tuman Xalq banki tomonidan tarqatib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram