HUDUDLARDA “AYOLLAR DAFTARI”NING 5-BOSQICHI UCHUN XATLOV JARAYONLARI BOSHLANDI
2024-01-10 10:17:35 385
Hududlarda “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi uchun xatlov jarayonlari boshlandi
Ayni kunda respublikamiz bo’ylab “Ayollar daftarini” yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida xatlov jarayonlari bo’lib o’tmoqda. Mazkur tartib O’zbekiston Respuplikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.2023 yil kungi “Xotin-qizlar muammolarini o’rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan Vasiylik Kengashining tadbirida mazkur jarayon va uning tartib-tamoyillari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Kun tartibidagi asosiy masala “Ayollar daftarining” 5-bosqichi jarayonida foydalaniladigan anketa-so’rovnomalar chop etish va ko’paytirish xarajatlarini moliyalashtirishdan iborat edi.
Shuningdek mazkur jarayonda ishtirok etuvchi mas'ul xodimlarga “Ayollar daftarining” 5-bosqichi jarayonida xaqqoniylik va shaffoflikka amal qilish borasida ko’rsatma va topshiriqlar berildi. Tadbirda ishtirok etgan mahallalar xotin-qizlar faollari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram