Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 213 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MAHALLADA DUV-DUV GAP” TADBIRLARI TUMANIMIZNING 2-SEKTORI HUDUDIDAGI MAHALLALARDA HAM O’TKAZILMOQDA

×

 2024-01-09 15:27:00    289

PDF yuklash
Chop etish


“Mahallada duv-duv gap” tadbirlari tumanimizning 2-sektori hududidagi mahallalarda ham o’tkazilmoqda

O’zbekiston Reepublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni o’tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi yig’ilishida yangi O’zbekistonni bunyod etilishida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko’tarish va Vatan taqdiriga daxldorligini oshirish maqsadida “Yangi haët uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlarini o’tkazish buyicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi, ushbu tadbirlar So’x tumanida ham ko’tarinkilik va xalqimizning faol ishtiroki bilan o’tkazilmoqda. Sarikanda va Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’­inida bo’lib o’tgan mazkur tadbirlarda ushbu mahalla ahli uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar.

Hudud umumta'lim maktablarida bo’lib o’tgan “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari mahalla nuroniylari va yoshlarini bir joyga birlashtirdi. Mahalla oqsoqollari va nuroniylari, mahalla raislari va faollar so’zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga Respublikamizda qo’lga kiritilgan mislsiz natijalar, ayniqsa, So’x tumanida bo’layotgan ulkan o’zgarishlarni hayotiy va aniq misollar bilan yetkazdilar.

Vatan tinchligi barcha narsadan ustun ekanligi alohida ta'kidlandi. Shuning uchun, bo’layotgan o’zgarishlar va O’zbekiston tinchligi uchun har doim shukrona bajo keltirib yashash lozimligi o’tkazilgan tadbirlarda bot-bot qayd etib o’tildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram