AHOLINI RO’YXATGA OLISH DASTURIDA QANDAY SAVOLLAR O’Z AKSINI TOPGAN
2024-01-06 10:09:57 513
Aholini ro’yxatga olish dasturida qanday savollar o’z aksini topgan
O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro’yxatga olish to’g’risida”gi O’RQ- 611-sonli qonunining 20-moddasiga asosan Aholini ro’yxatga olish dasturida familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi va joyi, yoshi, jinsi, millati, fuqaroligi, yashash joyi (turgan joyi), tillarni bilishi, ma'lumoti, nikoh holati, bolalarining soni, uy xo’jaligi tarkibi, uy-joy sharoitlari, bandligi, yashash uchun mablag’lar manbalari, migratsiya (ichki va tashqi). kabi savollar o’z aksini topgan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Aholini ro’yxatga olish dasturiga qo’shimcha ravishda boshqa savollar kiritilishi mumkin. Javoblari davlat sirlariga va qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirga taalluqli axborotni o’z ichiga olishi mumkin bo’lgan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi savollar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ro’yxatga olish varag’ining shakllari Aholini ro’yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Shaxsga doir ma'lumotlarni yig’ish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Shaxsga doir ma'lumotlarni yig’ish mazkur qonunning 23- moddasida belgilab qo’yilganidek - respondentlar yashaydigan (turadigan) turar joylarni va boshqa xonalarni aylanib chiqish chog’ida yoxud mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan xonalarda respondentlar so’rovini o’tkazish hamda ro’yxatga olish varaqlarini to’ldirish orqali amalga oshiriladi.
Shaxsga doir ma'lumotlarni yig’ish axborot xavfsizligini ta'minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Respondentlar so’rovi davlat tilida o’tkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida so’rovdan o’tkazilishi mumkin.
Ro’yxatga olish varaqlari ro’yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so’zlari asosida to’ldiriladi.
Aholini ro’yxatga olishni o’tkazish muddati ichida yashash (turgan) joyida hozir bo’lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar bo’lgan respondentlar to’g’risidagi shaxsga doir ma'lumotlar ular uy xo’jaligining voyaga yetgan a'zolari tomonidan ma'lum qilinadi. O’ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to’g’risidagi shaxsga doir ma'lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma'lum qilinadi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram