Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 141 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O’ZBEKISTON UCHUN!” SHIORI OSTIDA “MAHALLADA DUV - DUV GAP” TADBIRLARI YUQORI SAVIYADA O’TKAZILMOQDA

×

 2024-01-06 09:48:08    464

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv - duv gap” tadbirlari yuqori saviyada o’tkazilmoqda

 

“Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida o’tkazilayotgan “Mahallada duv-duv gap” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlarining So’x tumanidagi navbatdagi manzili Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini bo’ldi. Mahallaning 18-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan navbatdagi tadbir tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi bo’limi mutasaddilari tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda mahalla ahli, asosan nuroniylar va yoshlar faollik bilan ishtirok etdilar. Tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi mutasaddilari va nuroniylar so’zga chiqib, mazkur tadbirlar mazmun-mohiyati haqida so’zladilar, keyingi yillarda Vatanimizda bo’lgan mislsiz o’zgarish va yangilanishlarni asosli misollar orqali yetkazdilar.

Tuman ma'naviyat va ma'rifat bo’limi rahbari Gulshanjon Ibragimovning so’zlariga ko’ra, tadbir doirasida umumta'lim maktablarida dars mashg’ulotlaridan so’ng maktab o’quvchi-yoshlar va mahallalardagi uyushmagan yoshlar o’rtasida "Gulxan atrofida" badiiy kechalar, "Mushoira" tanlovi, milliy xalq uyinlari va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida viktorinalar va turli kitob taqdimotlarini tashkil qilish rejelashtirilgan.

Lenbur mahallasidan so’ng mazkur tadbir Devayron mahala fuqarolar yig’inida ham ko’tarinkilik bilan bo’lib o’tdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram