Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 207 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA HAM “MAHALLADA DUV-DUV” GAP NOMLI TADBIRLAR KO’TARINKILIK BILAN O’TKAZILMOQDA

×

 2024-01-04 15:01:27    230

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida ham “Mahallada duv-duv” gap nomli tadbirlar ko’tarinkilik bilan o’tkazilmoqda

“Mahallada duv-duv gap”. Ayni shu nom ostida Respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-musiqiy tadbirlar viloyatimizning eng chekka tumani – So’xda ham ko’tarinkilik bilan boshlab yuborildi. O’zbekistonda yashayotgan barcha vatandoshlarimizga So’xliklarning ham aytar so’zlari bor. Chunki ushbu notakror go’shaga bevosita davlatimiz rahbari va Respublika hukumati tomonidan e'tibor haqiqiy “duv-duv”ga yarashadi.

“Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida o’tkazilayotgan tadbirlar tumanning Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida start oldi. Ushbu tadbirlar rejasiga binoan bayramona dasturlar tumanning barcha 27-ta mahalla fuqarolar yig’inlarida o’tkaziladi.

Hushyor mahallasining madaniyat markazida boshlangan tadbir barcha ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat va ruhiyat bag’ishladi. Tadbirda tumanda erishlilgan barcha ijobiy muvaffaqiyatlar sarhisob qilindi va tadbir kontsert dasturi hamda bazm kechasiga aylanib ketdi.

Ushbu hududning Qaqir va Sebzor mahallalarida bo’lib o’tgan tadbirlar ham aholining faol ishtiroki bilan o’tdi. Tadbirda ishtirok etgan harbiylar ham bayram shukuhidan bahramand bo’lishdi.

Bugun So’x tumani 1-sektor hududidagi Tul, Sohibkor, Qal'acha va G’aznov mahalla fuqarolar yig’inlari aholisi ishtirokida “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv - duv gap” tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirlar 21 va 24 – umumta'lim maktablarida bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida so’z olganlar tomonidan Yangi O’zbekistonni bunyod etish yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida fikr yuritildi. Qo’lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar sarhisob qilindi.

Tadbir doirasida qiziqarli viktorina o’yinlari o’tkazilib, unda faol qatnashganlarga esdalik sovg’alari topshirildi. San'at ustalari ijrosidagi kuy - qo’shiqlar yig’ilganlarga yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram