Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLAJONLAR UCHUN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILIB, SOVG’ALAR ULASHILDI

×

 2023-12-30 17:02:16    539

PDF yuklash
Chop etish


Bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etilib, sovg’alar ulashildi

Yangi yil sahnasiga kirib kelgan bayram ramzlari – Qorbobo va Qorqiz tadbir ishtirokchilari, ayniqsa, bolajonlarga o’zgacha ko’tarinkilik baxsh etdi. Qorbobo va Qorqiz kirib kelishlarigacha “Prezident archasi” tadbiri avvalida barcha ishtirokchilarni tuman hokimi Sayiddbahrom Sayidmusayev samimiy so’zlar bilan qutladi.

Tadbirda asosan tuman mahalla fuqarolar yig’inidan tashrif buyurgan kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarning farzandlari ishtirok etib, bayramona dastur shukuhidan bahramand bo’ldilar va bolajonlarga bayram sahnasidan teatrlashtirilgan tomoshalar taqdim etildi. Turli o’yinchoq va yangi yil chiroqlari bilan bezatilgan bayram archasi tadbir shukuhiga o’zgacha fayz baxsh etdi.

Tadbir ishtirokchilariga tuman madaniyat markazi san'atkorlari o’z qo’shiq va asho’lalarini taqdim etishdi. Ertak qahramonlari siymosidagi turli jonivorlar ham bolajonlar kayfiyatiga kayfiyat ulashdi.

Barcha bolajonlarga tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari bayram sovg’alarini taqdim etdilar. Bayram tadbiri bolajonlarning o’yin-kulgulari va ajoyib raqslari bilan yanada zavqli o’tdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram