BILASIZMI?
2023-12-28 15:31:09 355
Bilasizmi?
Dastlabki sinovdan o’tish mehnat shartnomasida shartlashilgan bo’lishi kerak
Bunday shartlashuv mavjud bo’lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:
homilador, 3 yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar yoki 3 yoshga to’lmagan bolani yolg’iz tarbiyalayotgan ota (vasiy);
zaxiradagi ish o’rinlariga joylashtirish uchun yuborilgan shaxslar;
davlat grantlari asosida o’qigan va OTMni tamomlagandan 3 oyda yo’llanma bo’yicha ishga kirayotgan bitiruvchilar;
o’qishni tamomlagandan 1 yilda birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo’yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan maktab, kollej, texnikum va OTM bitiruvchilari;
6 oygacha mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
18 yoshga to’lmagan shaxslar;
ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo’yicha bekor qilgan bo’lsa, o’sha shaxslar;
ishlab chiqarishda o’qitish shartnomasi bo’yicha ushbu ish beruvchida o’qishni o’tagan o’quvchilar;
jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram