XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2023-12-28 15:22:43 362
Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi
Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sakson birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, sektor rahbarlari, siyosiy partiyalar va tashkilot rahbarlari, mahallalardagi ayollar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishini tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sayidbahrom Sayidmusayev olib bordi.
Sessiyaga qo’yidagi masala qo’yildi va deputatlar tomonidan muhokama etildi:
So’x tumanining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to’g’risida.
Sessiya kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan deputatlar tuman moliya bo’limi mudiri Zayliddin Iskandarovning ma'ro’zasini tinglashdi.
Kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan qizg’in muhokama qilinib, savollar berildi va o’z o’rnida ushbu savollarga ma'ruzachi aniq misollar orqali batafsil javob qaytardi.
Sessiyada ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorai qabul qilindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram