Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON ALOQA OPERATORLARINING YANGI HUDUDI - CHO’NG’ARA MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA ALOQA KO’LAMI KENGAYMOQDA

×

 2023-12-27 15:44:05    429

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston aloqa operatorlarining yangi hududi - Cho’ng’ara mahalla fuqarolar yig’inida aloqa ko’lami kengaymoqda

To’rt tomoni qo’shni Qirg’iziston respublikasi bilan chegaradosh bo’lgan Cho’ng’ara mahalla fuqarolar yig’inida bizning vatandoshlarimiz – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari istiqomat qilishadi. Mazkur mahalla aholisi asosan dehqonchilik bilan shug’ullanishadi.

Asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan mazkur makonda sholichilik ayniqsa, rivojlangan. Cho’ng’araning devzira guruchining dovrug’idan bexabar inson bo’lmasa kerak Farg’ona vodiysida.

Aytish lozimki, Cho’ng’ara mahalla aholisi davlatimiz va Respublikamiz hukumati tomonidan berilayotgan e'tibordan har doim bahramand bo’lishadi. Buni birgina aloqa tizimida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin.

O’zbekiston aloqa operatorlari, ayniqsa, “O’zmobayl” va “O’ztelekom” mobil orperatorlari ko’lami va doirasini kengaytirish maqsadida Cho’ng’ara mahalla fuqarorar yig’iniga “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi So’x tumani bo’limi tomonidan So’x-Cho’ng’ara tayanch tarmoq stantsiyasi o’rnatilgan bo’lib, ushbu aloqa operatorlari xizmatlaridan mahalla ahli samarali foydalanib kelishmoqda. Tayanch tarmoq stantsiyaisi barpo etilgandan so’ng mahallada aloqa sifati hamda Internet tarmog’ining ko’lami ham kengaydi va bugun Cho’ng’alariklar vay-fay internet xizmatidan ham foydalanishayotir:

Aloqa sifati yaxshilanib borgan sari, ushbu tizimga qiziquvchi fuqarolar soni ko’payishi ham tabiiy hol. “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi tashabbusi bilan e'lon qilingan yangi yil aktsiyasida bugun butun vatandoshlarimiz ishtirok etib, imtiyozli tarzda chiroyli raqamlar egalari bo’lishmoqda. “Shahnozi Mirzoali aloqa” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur aktsiya Cho’ng’araning Yigitpirim dam olish maskanida bo’lib o’tdi.

Mazkur bayram aktsiyasida qatnashgan mahalla ahli 80 va 99 foizli chegirmalar asosida chiroyli raqamlarnining simkartalariga ega bo’ldilar. Tadbirda 50 nafardan ortiqroq fuqarolarga chiroyli raqamlar simkartalari rasmiylashtirib berildi va ushbu aktsiya yangi yil, ya'ni joriy yilning 31 dekabrigacha davom etadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram