Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 132 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ER YUZIDAGI HAR QAYSI JAMIYATNING MADANIY DARAJASI UNING AYOLLARGA BO’LGAN MUNOSABATI BILAN BELGILANADI

×

 2023-12-27 15:38:40    203

PDF yuklash
Chop etish


Er yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bo’lgan munosabati bilan belgilanadi


Pok xilqatli, sof niyatli ayollar deganda beixtiyor, ko’z o’ngimda onajonim, sevimli, haqiqatanda buyuk zot paydo bo’ladi. “Ayol bir qo’li bilan beshikni, ikkinchi qo’li bilan dunyoni tebratadi” degan ma'noli so’zlar hikmatini o’zim shu yuksak onalik baxtiga erishganimda yanada teranroq angladim. Zotan, ayol borki, baxtli bo’lishga, baxt degan so’zning ta'mini har doim totishga haqli.

   

 Jonajon Vatanimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlab xotin-qizlarning jamiyatimizdagi o’rni va mavqeini, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi, iqtisodiyotimizning turli sohalaridagi nufuzini oshirish bo’yicha muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida katta qadamlar qo’yildi. Kuni kecha Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qabul qilgan Farmoni ham ushbu yo’nalishda boshlangan ezgu niyatlar davomidir.


Men, go’zal O’zbekistonning bir nafar ayoli, jamiyatda ayollar va xotin-qizlarimiz manfaatini ko’zlab faoliyat olib borayotgan mahalla xotin-qizlar faoli sifatida ushbu Farmonning har bir so’zini, har bir matnini hayotda tatbiq etishga astoydil harakat qilaman. Chunki ushbu Farmonda onajonlarimiz, bekajonlarimiz, ayollarimiz va xotiin-qizlarimizning, Sizu bizning manfaatimiz mujassam. 

    

Bugungi kunda tumanimizda mehnatga layoqatli bo’lgan xotin-qizlarimizning teng yarmi iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida, tadbirkorlikda, maktabgacha va umumiy o’rta ta'lim, tibbiyot sohalarida faol mehnat qilishmoqda. Jamiyatning qaysi jabhasida bo’lmasin, qaysi sohasida bo’lmasin, Siz azizlarning hissalaringiz bor. Yurtimizning rivoji, uning gullab-yashnashi va taraqqiyoti Sizning bevosita samarali faoliyatingiz va duolaringizda mujassam, deb aytgim keladi.


So’xlik ayolllar deganda eng avvalo, bizning ko’z oldimizga mehnatkash, farzand parvarishida doimiy kamarbasta bo’lgan, o’zini va farzandlarini, oilasining sha'nini o’ylaydigan ayol siymosi gavdalanadi. Sizlarning oila bekasi sifatidagi mavqeingiz barcha ta'rifga loyiqdir.


Biz mo’'tabar So’xlik ayollar, Vatanimizning kelajagi va farovonligiga o’zimizni kamarbasta deb bilamiz. Davlatimiz rahbari imzosi bilan tasdiqlangan yangi Farmonni amalda tatbiq etilishiga, O’zbekiston ayollarining jamiyatdagi o’rinlarini yanada yuksalishiga astoydil harakat qilishga va'da beraman.

 

Sherova Dilafruz Mominjonovna - Farg’ona viloyati Sӯx tumani "Rovon" mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram