Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 149 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PREZIDENT FARMONIDA BELGILANGAN BARCHA VAZIFALARNI BAJARISHGA ASTOYDIL INTILAMIZ! 

×

 2023-12-27 15:35:27    255

PDF yuklash
Chop etish


Prezident Farmonida belgilangan barcha vazifalarni bajarishga astoydil intilamiz! 


Jamiyatda ayollar va xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoiti yaratib berish, ularning jamiyatdagi o’rnini yanada mustahkamlash, ayol degan mu'tabar zotga har doim mehr-muhabbat, izzat va ikrom ko’rsatish bizning Respublikamizda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Zotan, “ayol borki, olam munavvar” deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz.


Ayol deganda ko’z o’ngimizda eng avvalo onajonlarimiz, xonadonlarimiz bekalari paydo bo’lishadi. Ayol bilan oilalarimiz charog’on, olam munavvar. 

Ayol zotiga bo’lgan yuksak e'tibor jonajon Respublikamizda yil sayin mukammallashib, sayqallanib bormoqda. Buning zamirida ayollarimiz, onajonlarimizning manfaati mujassam. Shu jihatni teran anglagan Yurtboshimiz ayni shu mavzuga e'tiborliroq bo’lishimizni har doim ta'kidlaydilar. Ayolga bo’lgan e'tibor yurt ravnaqi va kelajagiga bo’lgan e'tibordir.  

 

Barcha yurtimiz xotin-qizlari qatori bizning jannatmonand tumanimiz ayollari ham davlatimiz rahbarining 2023 yil 21 dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini mamnuniyat bilan kutib oldilar. Zero ushbu Farmon ayol va xotin-qizlar masalasida boshlangan hayotiy islohotlarning mantiqiy davomidir.


So’nggi yillarda mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, gender tengligini ta'minlash borasida keng kulamli islohotlar amalga oshirildi. Mana shu hayotiy islohotlarni amalga oshirish va tatbiq etishda qabul qilingan yangi Farmon bizlar uchun dasturulamal sifatida xizmat qilishiga astoydil ishonamiz.


Men davlatimiz rahbari imzosi bilan tasdiqlangan yangi Farmon bilan to’liq tanishib, o’zim uchun yangi vazifalarni belgilab oldim va Farmonda belgilangan vazifa va tashabbuslarni ilgar surish, ularning ijrosini ta'minlashga harakat qilish shart va zaruriyatini angladim. 


Bizning oldimizda eng va katta va mas'uliyatli vazifa turibti: O’zbekiston ayollari, millat kelajagiga asos soladigan buyuk zot baxti va saodati uchun harakat qilish va buning uchun barcha bilim va ko’nikmalarimizni yo’lga solish, o’zbek ayoli mavqeini jahon maydonida yanada mustahkamlash. Mana shu ezgu niyat va maqsadlar bilan olg’a intilsak, qalbimiz qa'rida saqlanayotgan orzularimizga albatta erishamiz. 


Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xuquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta'minlash, xotin-qizlar va oilani har tomonlama qo’llab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish buyicha takliflar ishlab chiqish va Farmonda belgilangan barcha ko’rstama va topshiriqlarni amaliy ishlar bilan hayotga tatbiq etish bizdek mutasaddilarning birichni galdagi vazifamizdir. Ushbu yo’nalishda astoydil harakat qilib, O’zbekiston ayollari mavqeini jahon ayvonida yanada yuksaltirishga astoydil intilamiz va barcha ezgu niyatlarimizga albatta erishamiz deb va'da barishga mustahkam ishonchim bor. Bu ishonch Yurtboshimiz tomonidan bizlarga berilgan e'tiborda mujassamligini amalda isbotlaymiz.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram