Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO’YXATGA OLISHNI O’TKAZISH NATIJALARI NIMA BERADI?

×

 2023-12-25 14:54:32    240

PDF yuklash
Chop etish


Aholini ro’yxatga olishni o’tkazish natijalari nima beradi?

Aholini ro’yxatga olish – O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o’tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir ma'lumotlarni yig’ish va ularga ishlov berish hamda yakuniy ma'lumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.

Aholini ro’yxatga olishning asosiy maqsadi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish, demografik ko’rsatkichlarni hisoblash va prognozlash, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanishni o’rganish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun aholi to’g’risida ishonchli va xolis axborotlarni olish hisoblanadi.

Aholini ro’yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- aholining sog’lig’ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, oilalarga yordam ko’rsatish bo’yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida, aholi tarkibidagi, demografik vaziyatdagi o’zgarishlarni baholashga doir ma'lumotlar bazasini kengaytirish;

- shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o’rta va qisqa muddatli prognozlari va dasturlarini tayyorlash;

- aholini ro’yxatga olish davri oralig’idagi aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;

- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram