USTOZ TA'LIM BUNYODKORI
2023-12-25 14:51:14 301
O’qituvchilar qurultoyi
USTOZ TA'LIM BUNYoDKORI
Farg’onada ta'lim islohotlarini hamjihatlikda amalga oshirish, o’qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi bo’yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida o’qituvchilar quriltoyi bo’lib o’tdi.
"Ustoz — ta'lim bunyodkori" shiori ostida o’tkazilgan mazkur qurultoyda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining o’rinbosari Dilshod Kenjayev, viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, faol faxriy ustozlar hamda 400 nafar farg’onalik ilg’or o’qituvchilar ishtirok etishdi.
O’qituvchilar qurultoyda ta'lim-tarbiya tizimiga munosib hissa qo’shgan pedagoglarga "Xalq ta'limi a'lochisi" ko’krak nishoni va 38 nafar faxriy ustozlarga sanatoriylarda sog’liqlarini tiklashlari va dam olishlari uchun bepul yo’llanmalar berildi.
Ular orasida So’x tumanida fidokorona mehnat qilgan Vohidjon Aqrabov va Savror Enazarovlar ham bor.
Tabriklaymiz!
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram