ASOSIY MAQSAD – JAMIYATDA QONUN USTUVORLIGINI TA'MINLASH
2023-12-23 17:06:47 469
Asosiy maqsad – jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash
Mamlakatimizda qonun barqarorligini ta'minlash va har bir insonning qonun oldida teng huquqliligini amalda ifoda etish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Zotan, huquqiy davlatda qonun barqarorligini ta'minlash engn asosiy vazifa sanaladi.
Bunga hududlarda faoliyati yo’lga qo’yilgan majburiy ijro byurosi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar yorqin misol bo’la oladi. Tumanimizda faoliyat olib borayotgan soha xodimlari ham ayni islohotlarni amalga tatbiq etish yo’nalishida astoydil mehnat qilishayotir.
So’x tumani majburiy ijro byurosi mutasaddilarining ma'lumotlariga ko’ra, joriy yilning o’tgan 9 oyi davomida bo’lim ish yurituviga jami 3 158 ta 51 milliard 614 million so’mlik ijro hujjatlari kelib tushgan bo’lib shundan 2 527 ta 9 milliard 324 million so’mlik ijro hujjatlari tegishli tartibda ko’zg’atilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida jami 2 484 ta 12 milliard 960 million so’mlik ijro hujjatlarininng ijrosi ta'minlangan bo’lib shundan 2 012 ta 6 milliard 302 million so’mlik ijro hujjatlari ijrosi amalda tamomlangan.
Endi ushbu tuzilma xodimlarining faoliyati haqida bir nazar solamiz. Mazkur tuzilma mas'ul xodimlari huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan hamkorlikda joylarda profilaktik ishlarni olib borib, qonun hujjatlarining amalda tatbiq etilishini ta'minlashayotir.
Misol uchun, majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi ish yurituvdagi FIB So’x tuman sudining qaroriga asosan da'vogar O.J. ning javobgar M.B. ga nisbatan So’x tumani “Yoshlik” ko’chasi 27-uyga majburiy tartibda kiritish to’g’risidagi ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida da'vogarni ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga So’x tumani “Yoshlik” ko’chasi 27-uyning yashash xonasi barcha asosiy va yordamchi bino inshoatlardan kommunal xizmatlardan foydalanish huquqi bilan kiritib ko’yildi hamda javobgar M.B.dan 1 650 000 sum ijro yig’imi undirilib ijro hujjati amalda tamomlandi.
Majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi ish yurituvdagi fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining 19.10.2023 yildagi qaroriga asosan javobgar I.D.an da'vogar N.O. ning tarbiyasiga bola olib berish xaqidagi ijro hujjati buyicha olib borilgan ijro harakatlari davomida javobgar I.D. dan da'vogar N.O. ning tarbiyasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari majburiy tartibda olib berildi hamda ijro hujjati amalda tamomlandi.
Aytish joyizki, mazkur tuzilmaning mustahkam hamkorlik asosida olib borayotgan faoliyati birinchi navbatda, jamiyatda qonun ustuvorlirgini ta'minlashga qaratilgan. Kelgusida ham bo’lim xodimlari o’z faoliyatida sudlarning qarorlarini o’z vaqtida ijro etilishiga alohida e'tibor qaratadi.
So’x tuman hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram