KONSTITUTSIYANI O’RGANAMIZ
2023-12-22 16:42:37 464
Konstitutsiyani o’rganamiz
Konstitutsiyamizning 26-moddasi: “Insonning sha'ni va qadr qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo’lishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o’tkazilishi mumkin emas”.
Inson sha'ni – bu insonning boshqa odamlar oldida o’z ahamiyatini anglashi yoki insonning ma'naviy obro’sidir.
Inson qadr-qimmati – bu shaxsning o’zini o’zi hurmat qilishi, jamiyat a'zosi sifatida o’z mavqei va ahamiyatini anglashidir.
Har qanday holatda ham hech bir shaxs qiynoqqa solinishi va boshqa g’ayriinsoniy ta'sirlarga duchor etilishi mumkin emasligini Konstitutsiya taqiqlamoqda.
Shunga ko’ra, davlat organlari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o’z faoliyatida har qanday holatda ham inson sha'ni, or-nomusi, va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi, kamsitmasligi, aksincha ularga insoniy munosabatda bo’lishlari lozim.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram