Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 161 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-12-20 16:13:22    412

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi


Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq saksoninchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:


1. Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash hamda qishloq xujaligini modernizatsiya qilish va sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.


2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6096-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Ayollar daftari” va “ Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha mas'ul rahbarlarning hisobotlarini eshitish to’g’risida.


3. Tumanda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta'minoti holati, ta'minot tizimida aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar. YEtkazib berilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun mablag’ undirish bo’yicha tashkil etilgan ishlar tahlili. Ijtimoiy soha va aholini kumir bilan ta'minlash rejasi ijrosi tahlili.   

 

4. Kadastr Agentligining Farg’ona viloyati boshqarmasi So’x tumani bo’limining 2023-yil 20-noyabrdagi №01-07-56-sonli xati to’g’risida.

5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr Agentligining geografik ob'ektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to’g’risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o’tkazish, ekspert komissiyasining 2021-yil 28-maydagi 01-14-373 hamda 2023-yil 17-iyuldagi 08841-sonli xulosalarini tasdiqlash to’g’risida.

6. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Mudofaa va xavfsizlik masalalari” qo’mitasi tomonidan qabul qilingan “Aholi o’rtasida is gazidan zaharlanish”-holatlarining oldini olishga oid qonunchilikga rioya qilinishi holatini o’rganish natijalari to’g’risidagi №226-sonli qarorini ijrosi to’g’risida.

7. “Saxovat va ko’mak” jamg’armasiga tushgan mablag’larni tasarruf etish to’g’risida.

Sessiyaga qo’yilgan ushbu masalalarga oid axborotlar tinglandi va bu bo’yicha deputatlar o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Sesiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekov, Yoshlar Ishlari Agentligi tuman bo’limi rahbari  Isojon Mastonovlar birinchi va ikkinchi maslalar bo’yicha ma'ro’za qilishdi.

 

Aytish lozimki, kuz-qish mavsumida aholining elektr energiyasi, tabiy gazga bo’lgan ehtiyoji yanadap ko’payadi. Mazkur masalalarga oid ma'lumotlar ham ishtirokchilarga yetkazildi. Tadbirda so’z olgan tuman elektr tarmoqlar korxonasi bosh muhandisi Baxtiyor Rahmonov va tuman gazlashtirish idorasi bosh muhandisi Burhonjon Mirzobekovlar sohada kuz-qish mavsumida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma'lumot berdilar.

Sessiya jarayonida ijtimoiy soha va aholini kumir bilan ta'minlash rejasi ijrosi ham atroflicha tahlil etildi. Mavzu yuzasidan tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikga ko’maklashish bo’limi boshlig’i o’rinbosari Qosimjon Haydarov  ma'lumot berdi va mazkur masalaga oid o’zining fikr va mulohazalarini bildirdi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Kumitasi Kadastr Agentligi davlat kadastrlar palatasi So’x tumani filiali rahbari Baxtiyor Bazarbayev hisobot berdi.

Sessiya davomida So’x tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish “Davlat tili” qonun hujjatlariga rioya etishining ta'minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi Tolibjon Muydinov ma'ruza qildi. Ma'ruzachi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr Agentligining geografik ob'ektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to’g’risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o’tkazish, ekspert komissiyasining 2021-yil 28-maydagi 01-14-373 hamda 2023-yil 17-iyuldagi 08841-sonli xulosalarini tasdiqlash yuzasidan ma'lumot berdi.

Qish mavsumida is gazidan, turli ovqatlardan va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioch etmasdan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlari ko’p uchraydi. Mazkur masalaga oid to’liq ma'lumotni sessiya ishtirokchilari So’x tuman favquloda vaziyatlar bo’limi boshlig’ini o’rinbosari  Iqboljon Ma'rufov ma'ruzasidan oldilar.  

Ta'kidlash lozim, tumanimizda kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalarni qo’llab-quvvtlash maqsadida “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi mablag’lari hisobidan amaliy yordam ko’rsatiladi. Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi, tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Rasuljon Mirsaidov ushbu amaliy yordamlar xususida axborot berdi va yo’naltiriladigan navbatdagi mablag’larni tasarruf etish deputatlar tomonidan ma'qullandi.

 

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va sessiya ishiga yakun yasaldi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram