MIB XABARI
2023-12-20 16:11:10 363
MIB xabari
Majburiy ijro byurosining So’x tumani bo’limi viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda ma'muriy jarimalarni undirish yuzasidan qo’shma reyd tadbirlari o’tkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 20 noyabr kunidan bugungi kunga qadar o’tkazilgan qo’shma reyd tadbirlari davomida ma'muriy jarimalarni belgilangan muddatda to’lamagan transport vositasi haydovchilari zamonaviy texnologiyalar yordamida aniqlanib, 105 nafar qoidabuzar haydovchilardan 47,8 mln. so’mdan ortiq qarzdorliklar undirilgan hamda jarimani to’lashdan bosh tortgan qarzdorlarga tegishli bo’lgan 84 ta avtotransport vositalariga qidiruv e'lon qilingan bo’lib hozirda qo’shma reyd tadbirlari davom etmoqda.
MIB So’x tuman bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram