Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR YO’LI BILAN MAHALLA QABRISTONI HUDUDI OBOD BO’LMOQDA

×

 2023-12-18 16:15:46    523

PDF yuklash
Chop etish


Hashar yo’li bilan mahalla qabristoni hududi obod bo’lmoqda


Muqaddas qadamjolar, qabriston va mahalla guzarlarini obodonlashtirilishida tumanimzning Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Xabaringiz bor, mahalla ahli hashar yo’li bilan hududdagi qabristonga yangi shiypon barpo etishdi va bu ishda mahalla ahlining alohida o’rni bor.


Mahalla raisi Bahodur Safoyevning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, mazkur xayrli amallarda mahallaning yoshlari alohida o’rnak ko’rsatishmoqda. Kuni kecha tashkil etilgan umumxalq hasharida barcha mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, ushbu muqaddas makonni obod etish yo’lida astoydil mehnat qilishdi.   

 

Hasharni tashkil etishda tashabbus ko’rsatgan saxovatpesha insonlarga mahalla mutasaddilari o’zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildiradilar. Zotan, savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak degan so’zlar mana shunday amaliy ishlar orqali namoyon bo’ladi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram