Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI O’ZBEKISTONDA INSON HUQUQ ERKINLIKLARINI ISHONCHLI HIMOYA QILISHDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

×

 2023-12-18 14:59:59    315

PDF yuklash
Chop etish


Yangi O’zbekistonda inson huquq erkinliklarini ishonchli himoya qilishda amalga oshirilayotgan ishlar

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan inson huquqlari sohasidagi ta'lim bo’yicha dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, ilg’or xorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturi va ushbu dasturni amalga oshirish bo’yicha «Yo’l xaritasi» tasdiqlandi.

Shu ma'noda O’zbekiston Prezidentining yangi qarori birinchi marta insonning asosiy huquqlarini himoya qilish zarurligini e'lon qilgan nufuzli xalqaro-huquqiy hujjat – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligini nishonlash bo’yicha 2022 yil 10 dekabrda boshlangan butun dunyo miqyosidagi kampaniya davrida qabul qilindi. 

Inson huquqlari sohasidagi ta'lim keng tamoyilga asoslanadi hamda o’quvchilarning ehtiyojlariga yo’naltirilgan bo’lib, ularga tanqidiy tahlil

va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim va muhim ko’nikmalarni beradi. Bu o’z huquqlari to’g’risida bilish va himoya qilish, ta'minlanishi uchun mas'ul hokimiyat vakillariga va boshqa shaxslarga ushbu majburiyatlarni bajarish qanchalik muhimligini tushunishga yordam beradi. 

Bu insonlarning hayotiga ta'sir etuvchi barcha – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik – qarorlar qabul qilish jarayonlarida to’la huquqli ishtirokini ta'minlash hamda huquqbuzarlik, zo’ravonlik va nizolarning oldini olish uchun o’ta muhim ahamiyatga ega. 

Qarorning asosiy maqsadlaridan biri – Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta'lim dasturining to’rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni samarali va o’z vaqtida amalga oshirishdir. 

Ma'lumki, Inson huquqlari sohasida ta'lim haqidagi qoidalar ko’plab xalqaro me'yoriy-huquqiy hujjatlarga kiritilgan bo’lib, 2004 yilning

10 dekabrida BMTning Bosh Assambleyasi barcha sektorlarda inson huquqlari sohasidagi ta'lim dasturlarini amalga oshirishga ko’maklashish maqsadida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta'lim dasturi e'lon qilindi. Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissar boshqarmasi Jahon ta'lim dasturining global darajada muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. 

Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta'lim dasturi BMTning Inson huquqlari sohasidagi ta'lim va tarbiya to’g’risidagi deklaratsiyasini milliy darajada amalga oshirishni faollashtirishga xizmat qiladigan foydali vositadir. 

Inson huquqlari bo’yicha ta'lim, bu – yangilanishlar manbai, faol fuqarolar sifatida yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, o’z huquqlari

va boshqalarning huquqlarini himoya qilish uchun muhim strategiya hisoblanadi. Jahon ta'lim dasturining to’rtinchi bosqichidagi harakatlar rejasidan yakuniy xulosa va olg’a intilish uchun qo’llanma sifatida foydalanish yo’li bilan yoshlar uchun hamda yoshlar ishtirokida inson huquqlari sohasida ta'limni amalga oshirish bo’yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirish tinch, adolatli va barqaror kelajakka qo’shilayotgan muhim hissa hisoblanadi. 

Ta'kidlash lozimki, inson huquqlari sohasidagi ta'lim O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga oid davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir deya o’z ma'ruzasini yakunladi.

 

U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining raisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram