Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 159 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISHLOQ XO’JALIGI SOHASI VAKILLARI BAYRAMIGA BAG’ISHLAB “SOHIL” DAM OLISH MASKANIDA TANTANALI TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2023-12-14 17:11:31    745

PDF yuklash
Chop etish


Qishloq xo’jaligi sohasi vakillari bayramiga bag’ishlab “Sohil” dam olish maskanida tantanali tadbir tashkil etildi


Tumanimizning “Sohil” dam olish maskanida qishloq xo’jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirga qishloq xo’jaligida fa'oliyat olib borayotgan soha jonkuyarlari, mehnat faxriylari taklif etildi. Tadbirga bag’ishlab bayram ziyofati uyushtirildi. Bir piyola choy ustida sohadagi o’zgarish va yangilanishlar tahlil etildi.


Tadbirda so’z olgan tuman hokimi o’tayotgan yil So’x tumani qishloq xo’jaligi sohasida tub burilishlar yili bo’lgani, davlatimiz rahbari e'tibori va tashabbusi asosida tumanda yangi yerlar o’zlashtirayotgani, asrlar osha tashna yer maydonlariga “obi hayot” chiqarilayotgani va qilinayotgan barcha ishlar So’xlik fuqarolar manfaatiga xizmat qilishini ta'kidladi. Berilayotgan e'tiborga nisbatan shukronalik hissiyoti bilan yashash lozimligi qayd etildi.


Tadbir davomida bir guruh soha vakillariga esdalik va qimmatbaho sovg’alar, faxriy yorliq va tashakkurnomalar taqdim etildi. Albatta, sidqidildan qilgan mehnat munosib rag’batlantirilishi lozim.


Qilgan halol mehnat va samarali harakatlari tufayli soha vakili, tuman o’simliklar karantini va himoyasi bo’limi boshlig’i Mamayunus Usmonovga “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi fidoiysi” ko’krak nishoni, tuman irrigatsiya bo’limi mutaxassisi Yunusjon Jo’rayevga “O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligi a'lochisi” ko’krak nishoni, tuman kio’loq xo’jaligi bo’limi boshlig’i Dodokenja Olimovga Farg’ona viloyati hokimi faxriy yorlig’i va bir guruh soha fidoiylariga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Sovg’alarni o’z eagalariga tuman hokimi va tuman sektor rahbarlari topshirishdi.


Tadbirga fayz baxsh etgan san'atkorlarning ko’y va qo’shiqlari tadbir ishtirokichlariga katta va ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Tadbir davomida soha vakillari o’zlarining dil izhorlarini bayon etdilar.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram