Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA KUTILAYOTGAN OB-HAVO O’ZGARISHIGA TAYYORGARLIK KO’RISHGA OID TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-12-07 16:13:44    1511

PDF yuklash
Chop etish



So’x tumanida kutilayotgan ob-havo o’zgarishiga tayyorgarlik ko’rishga oid targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

Ayni kunda tumanimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, isitish pechlaridan foydalangan holda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, sovuq kunlarda va istitish mavsumi boshlanganda yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, nostandart va qulbola tayyorlangan isitish vositalaridan foydalanmaslik yuzasidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo’nalishda tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari mahallalar mutasdadilari bilan manzilli ishlarni amalga oshirishayotir.

So’x tuman FVB FVDT va FM tashkil etish bo’linmasi boshlig’i, leytenant Farxiddin Saidovning so’zlariga ko’ra, bunday tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad aholi salomatligini saqlash va xavfsizligini ta'minlashdan iborat. Targ’ibot tadbirlari davomida ovqatdan zaharlanishga oid mavzularda ham aholiga kerakli ma'lumotlar yetkazilyapti.

Targ’ibot tadbirlari jarayonida Farg’ona viloyati hokimining 2023 yil 5 dekabr kungi “Farg’ona viloyati hududida sovuq ob-havo sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda kuch va vositalarning shayligini ta'minlash to’g’risida”gi buyrug’iga asosan amaliy ishlar qilinayotir. Tadbirlarda fuqarolarga kutilayotgan ob-havo o’zgarishiga tayyorgarlik ko’rish, elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish va bu borada mavjud muammolarni hal etish uchun elektr tarmoqlari korxonasiga, “Hududgaz” korxonasiga va “Suv ta'minoti” korxonasiga aniq ko’rsatilgan raqamlarga telefon orqali murojaat qilishga doir tavsiyalar berilyapti.   

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram