Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYAM – QADR-QIMMATIM!

×

 2023-12-07 15:37:52    1243

PDF yuklash
Chop etish


KONSTITUTsIYaM – QADR-QIMMATIM!


So’x tumani madaniyat markazi majlislar zalida Konstitutsiyamizning 31-yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari, sektorlar rahbarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, ustoz va murabbiylar, keng jamoatchilik ishtirok etishdi. Tadbir avvalida tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov so’zga chiqib, Bosh Qomusimizning fuqarolarimiz hayotidagi o’rni va ahamiyati haqida gapirib, huquqiy davlatning belgisi - barcha fuqarolarning irqi, millati, dinidan qat'iy nazar qonun oldidagi tengligida ekanligini ta'kidladi.


So’x tumani prokurori Sadirali Mirzokarimov ham o’z nutqida Konstitutsiya xalqning huquqiy siymosi, Konstitutsiyamizning benazir huquqiy qadriyat, muqaddas hujjat ekanligi haqida gapirib o’tdi. Konstitutsiyani baxt Qomusi deb bejiz aytilmaydi.


Shuni ham alohida ta'kilash lozimki, Konstitutsiya arafasida bir qator turli sohalarda faoliyat yuritadigan mehnat fidoylari va faol ishchi-xodimlarni mukofotlar hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlash an'anaga aylanib qolgan. Tadbir davomida bir qator mehnat fidoiylariga tuman hokimligi tashakkurnomalari va esdalik sovg’alari taqdim etildi.


Konstitutsiya bayramiga bag’ishlab kontsert dasturi tuman madaniyat bo’limi xodimlari va 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari tomonidan ishtirokchilarga taqdim etildi. O’quvchi-yoshlar tomonidan sahnada baxtimiz Qomusi she'r va qo’shiqlar ila tarannum etildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram