DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIDA OCHIQLIKNI TA'MINLASHGA MAS'UL BO’LGAN XODIMLAR FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI
2023-12-06 16:03:50 1380
Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta'minlashga mas'ul bo’lgan xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2022 yil 14 iyundagi PF–154-son Farmoniga ko’ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta'minlashga mas'ul bo’lgan xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlariga nimalar kiradi?
1.Matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar, taqdimotlar hamda boshqa tadbirlar soni;
2. Ijtimoiy tarmoqlarda onlayn translyatsiyalar soni;
3. Matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa tadbirlarda rahbarlarning ishtiroki;
4. Axborotni yetkazib berish shakli;
5. Axborotning qamrovi;
6. Sohaga oid muammolarni yoritish;
7. Tanqidiy materiallarga munosabat bildirishning tezkorligi
8. Tadbirlar haqidagi axborotlarning rasmiy veb-sayt, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinishi tezkorligi;
9. Rahbar yoki axborot xizmati rahbarining muayyan axborot voqeligi munosabati bilan rasmiy bayonot berishi;
10. Xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar e'lon qilinishi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram