Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 156 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

REJA 107 FOIZGA BAJARILDI: SO’X TUMANIDA KUZGI MAVSUM DAVOMIDA 139 000 TO’P YANGI KO’CHATLAR O’TQAZILDI

×

 2023-12-06 15:46:36    957

PDF yuklash
Chop etish


Reja 107 foizga bajarildi: So’x tumanida kuzgi mavsum davomida 139 000 to’p yangi ko’chatlar o’tqazildi

Daraxt ekib bog’ yaratish inson uchun savobli amallardandir va Vatanning bir go’shasida paydo bo’lgan bog’ o’sha hudud chiroyiga yanada fayz va ko’rk bag’ishlaydi. Respublikamizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan start olgan “Yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida So’x tumanida ham ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mutasaddi idoralar vakillarining bizga bergan ma'lumotlariga ko’ra, tumanda kuz mavsumi uchun jami bo’lib 130 000 to’p ko’chatlar ekishi reja qilingan bo’lib, ushbu reja tumanimizda ortig’i bilan bajarilganligi ma'lum bo’ldi. Bugungi kungacha So’x tumani miqyosida 139 000 to’p mevali va manzarali daraxtlar nihollari o’tqazildi.

Qilingan sa'y-harakatlar natijasida tumanning hududida yangi bog’lar va yashil ekohududlar tashkil etildi. Tashkil etilgan sektorlar rahbarlari bog’lari ham qilingan ishlar natijadorligidan darak beradi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram