ADLIYA VAZIRI O’RINBOSARI SO’X TUMANIDA SAYYOR QABUL O’TKAZDI
2023-12-05 16:37:47 396
Adliya vaziri o’rinbosari So’x tumanida sayyor qabul o’tkazdi
So’x tumanining 1-sektori hududida adliya vaziri o’rinbosari X.Meliyev ishtirokida aholi muammolarini o’rganish va ularga amaliy ko’mak berish maqsadida sayyor qabul o’tkazildi. Qabulda tuman mas'ullari bilan birgalikda, adliya boshqarmasi vakillari, tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha hamda nizolarni hal qilish yuzasidan masalalar tinglandi. Ko’plab fuqarolarning murojaatlari joyida hal etilib qo’shimcha o’rganishlar talab etiladigan murojaatlar alohida ish yurituvga olindi.
Qabul yakunida bir guruh ehtiyojmand fuqarolarga Adliya vazirligi tomonidan kundalik ehtiyojda zarur bo’lgan maishiy vositalar taqdim etildi. Fuqarolarning murojaatlarini manzilli o’rganilishi yuzasidan viloyat va tuman bo’limlariga kerakli vazifa va tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram