BILASIZMI?
2023-12-02 15:19:02 369
Bilasizmi?
Raqobat to’g’risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralari kuchaytirildi
Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga kirtilgan o’zgartirishga ko’ra raqobat sohasidagi vakolatli davlat organiga axborot taqdim etmaslik yoki o’z vaqtida taqdim etmaslik yoxud unga bila turib noto’g’ri ma'lumotlarni taqdim etganlik:
fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (990 ming so’mdan 3 mln 300 ming so’mgacha);
mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming so’mdan 6 mln 600 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ilgari: fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha jarima qo’llanilgan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxsi tomonidan xomashyo, tovarlar erkin harakatlanishini va realizatsiya qilinishini hamda xizmatlar ko’rsatilishini qonunga xilof ravishda cheklash:
BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming so’mdan 16 mln 500 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi;
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish vakolatlari yoki ro’yxatga olish yoxud akkreditatsiyadan o’tkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari yoxud yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish:
BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming so’mdan 16 mln 500 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram