“GENDER ZO’RAVONLIKKA QARSHI 16 KUNLIK FAOL XARAKATLAR” TADBIRLARI KUTARINKI RUHDA DAVOM ETTIRILMOQDA
2023-12-02 11:16:11 397
“Gender zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik faol xarakatlar” tadbirlari kutarinki ruhda davom ettirilmoqda
2023-yilning 29-noyabrdan O’zbekistonda “Gender zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi faoliyati boshlanishini e'lon qilgan Senat raisi Tanzila Narbayeva zo’ravonlikka qarshi kurashda amaliyotda amalga oshirilishi lozim bo’lgan mashaqqatli va davomli ishlar mavjudligini, ushbu tadbirlarni amalga oshirishda har birimizning ishtirokimiz muhim ekanligini ta'kidlab o’tdi.
Mazkur loyiha doirasida tumandagi pedagogika kasb-xunar kollejining 55 nafar o’quvchilari ishtirokida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasining 02.09.2019 yil kungi 561-sonli hamda 11.04.2023yil kunidagi 829-sonli Qonunlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek tadbir davomida ushbu Qonunlar yuzasidan o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, huquqiy bilimlarini oshirdilar. Shuningdek mazkur Qonundagi terminlar tushirilgan tarqatma materiallar tadbir ishtirokchilariga o’qib tanishib olishlari uchun tarqatildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram