Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOLLAR VA XOTIN-QIZLARNI HUQUQIY HIMOYA QILISH TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-12-01 16:06:51    230

PDF yuklash
Chop etish


Ayollar va xotin-qizlarni huquqiy himoya qilish targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

Ayollarimiz va xotin-qizlarimizning jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlari va mavqe' topishlarida qilinayotgan amaliy ishlar ularda bo’lgan intilish va sa'y-harakatlar yuksalishiga omil bo’layotir. Respublkamiz miqyosidla o’tkazilayotgan "Biz zo’ravonlikka qarshimiz" deb nomlangan 16 kunlik aktsiyasi ham ularni har tomonlama himoyalashda ham alohida o’ringa ega.

So’x tumani IIB JXX XPB XQMB katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonovaning so’zlariga ko’ra, ayollar o’rtasida ushbu mavzuda targ’ibot-tashviqot ishlari muntazam o’tkazilayotir. Ichki ishlar bo’limi vakili tomonidan tumandagi bir qator korxona tashkilotlarda "Biz zo’ravonlikka qarshimiz" 16 kunlik aktsiyasi doirasida targ’ibot tadbirlari xotin-qizlarning faol ishtirokida bo’lib o’tmoqda.

Tadbirlar davomida jamiyatda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasidagi qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi qonunlari va hukumat qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirib borilmoqda. Shuningdek turli xil masalalar bo’yicha murojaat qilgan xotin-qizlarga huquqiy yordamlar ko’rsatilib, boshqa muammolar bilan murojaat qilganlari tegishliligi jihatdan yo’naltirilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram