ADLIYA VAZIRI O’RINBOSARI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2023-11-29 16:00:20 360
Adliya vaziri o’rinbosari ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi
Bugun tumanimizning 1-sektori hududida O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o’rinbosari Xudoyor Xurramovich Meliyev ishtirokida aholi muammo va kamchiliklarini o’rganish va ularga amaliy ko’mak ko’rsatish maqsadida sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda Farg’ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i Abdumannon Bo’riyev, So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o’rinbosarlari, Adliya vazirligi viloyat va tuman bo’limlari vakillari, tuman sektorlari rahbarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Sayyor qabulda fuqarolar o’z muammo va kamchiliklari yuzasidan vazir o’rinbosariga murojaat etdilar. Ishga joylashish, oilaviy masalalar, turli kelishmovchilik va nizolarni qonuniy yo’l bilan hal etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya etishga doir masalalar ko’rilgan mazkur sayyor qabulda aksariyat muammo va kamchiliklar joyida hal etildi.
Boshqarma va vazirlik doirasida hal etiladigan masalalar ham nazoratga olindi. Sayyor qabulda tibbiyotga oid masalalar ham hal etib berildi.
Sayyor qabul yakunida vazir o’rinbosari bevosita aholi bilan saimiy muloqot qildi. Respublikamizda barcha xizmatlar Adliya vazirligi va uning qo’yi tizimlarida oson va qulay hal etilayotgani, So’x tumanida davlat xizmatlari ko’rsatishning onlayn usuli joriy etilishini qayd etgan vazir o’rinbosari bu borada So’x tumani tajribasi yo’lga qo’yilishini ta'kidladi.
Qabul oxirida bir guruh fuqarolarga Adliya vazirligi tomonidan yuborilgan sovg’alar taqdim etildi. Fuqarolarning murojatlarini manzilli o’rganilishi yuzasidan viloyat va tuman bo’limlari rahbariyatiga kerakli topshiriq va vazifalar yuklandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram