Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 224 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR ISHTIROKIDA O’TKAZILAYOTGAN TADBIRLAR ULARNING SIYOSIY BILIMLARINI OSHIRILISHIDA OMIL BO’LMOQDA

×

 2023-11-29 15:56:00    338

PDF yuklash
Chop etish


Xotin-qizlar ishtirokida o’tkazilayotgan tadbirlar ularning siyosiy bilimlarini oshirilishida omil bo’lmoqda


Ayollar va xotin-qizlar o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish ularning siyosiy bilimlarini yuksalishida ham katta ahamiyatga ega. Bu yo’nalishda tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari tomonidan arzirli ishlar amalga oshirilayotir.  


So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonova tomonidan tumandagi OShP (QVP)larda vrach va patronaj xamshiralar ishtirokida o’z joniga qasd-suiqasd (suitsid)larni sodir etilishi va oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar yuzasidan davra suhbatlari tashkil etilib,  o’tkazilmoqda. Ushbu yo’nalishda tuman markaziy poliklinikasida bo’lib o’tgan tadbirda hududlarda xizmat olib boruvchi patronaj hamshiralarga zaruriy topshiriqlar berildi. 


Shuningdek davra suhbati davomida 11-aprel 2023 yil kundagi №829-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun mohiyati tushuntirilib, qonunchilikka kiritilgan yangiliklar aloxida moddama-modda o’qib eshittirilib, sharhlab tushuntirib berildi. Tadbirlar jarayonida yurtimizda joriy yilning 25 noyabridan 10 dekabr kunigacha “Zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbiri o’tkazilishi yuzasidan ham ma'lumotlar berildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram