“ZO’RAVONLIKKA QARSHI 16 KUNLIK” TADBIRI DOIRASIDA JOYLARDA TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA
2023-11-28 16:20:45 335
“Zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbiri doirasida joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda
Yurtimizda joriy yilning 25 noyabridan 10 dekabr kunigacha “Zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbiri o’tkaziladi. Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi 87-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan kompleks chora- tadbirlar rejasida “BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e'lon qilingan 25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish kuniga bag’ishlab o’tkaziladi.
Shu munosabat bilan joylarda tasdiqlangan reja asosida mazkur tadbirni uyushqoqlik bilan o’tkazish maqsadida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilayotir. So’x tumanida ham ushbu tadbir tuman hokimligi va ichki ishlar bo’limi hamkorligida o’tkazilmoqda.
Tuman hokimligida bo’lib o’tgan targ’ibot tadbirida tumanda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Mazkur sanaga bag’ishlab tadbir ishtirokchilariga tuman hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova va So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonovalar ma'ro’za qilishdi va bu bo’yicha qabul qilingan qonun hujjatlariga doir yetarli ma'lmuotlar berishdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram