YANGI IES YILIGA 1,1 MLRD KUBOMETR TABIIY GAZNI TEJASH IMKONINI BERADI
2023-11-28 16:17:24 354
Yangi IES yiliga 1,1 mlrd kubometr tabiiy gazni tejash imkonini beradi
Shirin shahri va Boyovut tumani hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan, jami quvvati 1500 MVt bo’lgan zamonaviy issiqlik elektr stantsiyasining dastlabki bosqichi tarmoqqa ulandi.
Ushbu marosimda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni qirolligi investitsiya vaziri Xolid al-Folix ishtirok etdi. Davlat rahbari maxsus tugmani bosgach, zamonaviy stantsiyaning ilk 500 MVt quvvatga ega birinchi bloki ishga tushdi.
Joriy yil yakuniga qadar ushbu stantsiyaning quvvati bosqichma-bosqich 1000 MVtga, 2024 yilning birinchi choragida to’liq 1500 MVt quvvatga chiqariladi.
Bu nima beradi?
Stantsiya to’liq ishga tushirilgach yiliga 12 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu hajmdagi elektr energiyasi yurtimizdagi 3 milliondan ziyod xonadonning bir yillik iste'molini qoplash imkonini beradi. Energetika vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, unda “Mitsubishi” (Yaponiya) kompaniyasining dunyodagi eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinalari o’rnatilishi hisobiga yiliga 1,1 mlrd kubometr tabiiy gaz tejaladi.
Mazkur megaloyiha Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasining to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalari hisobiga amalga oshirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram