JOYLARDA QONUN TARG’IBOTIGA OID TADBIRLAR TASHKIL ETILMOQDA
2023-11-27 15:05:44 216
Joylarda qonun targ’ibotiga oid tadbirlar tashkil etilmoqda
Hududlarda, ayniqsa, So’x tumanida ham xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari targ’iboti bo’yicha mutasaddi idoralar vakillari tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib o’tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar xotin-qizlarning siyosiy bilimlari darajasini oshirishga ham xizmat qilayotir.
11 aprel 2023 yil kuni "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mazkur mavzu targ’iboti bo’yicha tuman hokimligi xotin-qizlar bo’limi va tuman ichki ishlar bo’limi hamkorligida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda tumanda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilariga So’x tumani hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova va So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonovalar MJtK va JKga kiritilgan yangi moddalarga aloxida birma-bir to’xtalib, ma'lumotlar berishdi va mazkur mavzu mutasaddilar tomonidan alohida sharhlab, tushuntirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram