Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 281 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEDIATSIYA TO’G’RISIDAGI QONUNCHILIK

×

 2023-11-23 10:25:05    443

PDF yuklash
Chop etish


Mediatsiya to’g’risidagi qonunchilik

 

2018 yil 3 iyulda O’zbekiston Respublikasining Mediatsiya to’g’risidagi Qonuni qabul qilingan bo’lib, 2019 yil 1 yanvardan ko’chga kirgan.

Ushbu Qonunning amal qilishi fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarga, shuningdek yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qo’llash bilan bog’liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o’zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko’magida hal qilish usuli;

mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs;

mediativ kelishuv — mediatsiyani qo’llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv;

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to’g’risidagi kelishuv — taraflarning tuzilgan paytdan e'tiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvi;

mediatsiyani qo’llash to’g’risidagi kelishuv — nizo kelib chiqquniga qadar yoki u kelib chiqqanidan so’ng taraflarning nizoni mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etish zarurligi to’g’risida tuzilgan kelishuvi.

Taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilaridir. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham mediatsiya taraflari bo’lishi mumkin.

Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qo’llaniladi.

Mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko’rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo’llanilishi mumkin.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda, vakolatli davlat organi ishning muhokamasini qoldirib, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun muddat tayinlashi mumkin. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilgan taqdirda, uni amalga oshirish davrida ijro ishini yuritish to’xtatib turiladi.

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog’ida davlat organining bevosita aralashuvi taqiqlanadi.

Sudda ish qo’zg’atilganidan keyin mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari protsessual qonunchilikda belgilanadi.

Sud muhokamasi jarayonida, nizoni vakolatli davlat organida ko’rish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog’ida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv tegishli ish qaysi sud yoki vakolatli davlat organining ish yurituvida turgan bo’lsa, darhol o’sha sudga yoki vakolatli davlat organiga yuboriladi.

Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv ijro hujjati o’z ish yurituvida bo’lgan davlat ijrochisiga darhol yuboriladi.

Nizo mediativ kelishuv bilan mediatsiya tartibida hal qilingan taqdirda, to’langan davlat boji qaytarilishi lozim, bundan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediativ kelishuv tuzilgan hollar mustasno.

Davlat organi ishtirokida nizo kelib chiqqan taqdirda, davlat organi mediatsiyani qo’llash bo’yicha choralar ko’rishi kerak.

 

        Sh.Abdullayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram