BILASIZMI?
2023-11-23 09:13:58 460
Bilasizmi?
O’ziga zarur sifatga ega bo’lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo’lsa, o’zining tanlashiga ko’ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo’ladi) quyidagilardan birini talab etishga haqli:
aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;
xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;
xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;
tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;
tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini.
Bunda xaridor zarur sifatga ega bo’lmagan tovar sotilganligi oqibatida o’ziga yetkazilgan zarar to’liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram