ASOSIY MAQSAD – JAMIYATDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI TATBIQ ETISHDAN IBORAT
2023-11-23 09:12:46 442
Asosiy maqsad – jamiyatda sog’lom turmush tarzini tatbiq etishdan iborat
Tumanimiz aholisi, ayniqsa, yosh bolalar o’rtasida virusli gepatit “A” kasalligining keng tarqalganligi ushbu yo’nalishda tizimli ishlarni amalga oshirilishini taqozo etadi. Kasallanish darajasi afso’ski, tumanimizda yuqoriligicha saqlanib turibti. Buni soha mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlardan ham ko’rish mumkin.
Ayni kunlarda tumanimizning barcha hududlarida virusli gapatit “A” kasalligini olidini olish, xonadonlar va oilalarda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etishga doir targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bunda tuman SEO va JS bo’limi, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli OShPlar patronaj hamshiralari va mahallalar beshligi hamkorlikda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda. Qilinayotgan barcha sa'y-harakatlar albatta, jamiyatda sog’lom turmush tarzini tatbiq etish va farzandlarimiz salomatligini saqlashga qaratilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram