Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA “SOLIQCHI KO’MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR HISOBOTI

×

 2023-11-20 09:18:37    322

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida “Soliqchi ko’makchi” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar

HISOBOTI

 

  Prezidentimiz ta'kidlaganidek, jonajon O’zbekiston milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo’ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, xususan soliq tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga murojatnomasida ham soliq tizimida amalga oshirishi lozim bo’lgan muhim o’zgarishlarni belgilab berdi.

  Xususan, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o’zida qo’llashi kutilayotgan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab turli soliq stavkalari qo’llanilishi ko’zda to’tilmoqda. Misol uchun sharoiti eng og’ir bolgan respublikadagi 20-ta tumanlarning aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig’i, ijtimoiy soliq stavkalari 1 foizga pasaytirildi. Jismoniy shaxslarning qat'iy solig’i bekor qilinishi ko’zda to’tilgan. Qushilgan qiymat solig’i 2022 yilda 15 foizdan 2023-yil 1-yanvardan 12 foizga pasaytirilmoqda.

  2023-yil yanvar oyidan boshlab So’x tumanida 58-ta yangi korxonalar tashkil kilib 134-ta ish urni yaratildi.

  Shu bilan birga Prezidentimiz murojaatnomada davlat idoralari tadbirkorlarga servis xizmati ko’rsatishi lozimligi va yangi yilda mazkur jarayon bo’yicha baholash tizimi joriy etilishini aytib o’tdilar.

  Albatta, soliq xizmati organlari ham “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatishni davom ettirmoqda. Shu maqsadda So’x tuman soliq inspektsiyasi xodimlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar olib borilayotganligi hamda ularga soliq sohasidagi o’zgarishlar bo’yicha uchrashuvlar olib borilmoqda.

  Xususan 2023-yil  may oyi davomida 265-ta tadbirkorlarni qiynayotgan muammolari o’rganildi.

  Biz soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek tadbirkorlarga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

 

Turaboyev Faridjon Mirzoaliyevich - So’x tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram