Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 179 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-10-31 15:01:51    1870

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Davlat bayrog’idan foydalanilishi mumkin bo’lgan holatlar kengaytirildi

"O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida"gi Qonun (O’RQ–853-son, 07.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan davlat bayrog’idan foydalanilishi mumkin bo’lgan holatlar kengaytirildi, jumladan:

bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;

bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;

xalqaro sport musobaqalari hamda O’zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.

 Shuningdek, Qonun bilan bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilandi, xususan:

bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish;

biror-bir narsa uchun ustki yoping’ich sifatida foydalanish;

stollarga, o’rindiqlarga, stullarga to’shash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, o’tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to’shash yoki tasvirlash;

kiyim-kechak, dastro’mol yoki ko’rpa-to’shak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;

bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro’mol, ko’rpa-to’shak, ichki kiyim-kechakga, sochiqlarga, qutilarga (o’rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo’ljallangan buyumlarga bosib chiqarish yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirish;

bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-ahloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.

Davlat bayrog’idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan belgilangan talablarga muvofiq foydalanish uchun mas'uliyat bayroqdan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.


Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram