Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O’ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASIDA ODIL SUDLOVNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA

×

 2023-10-24 18:30:56    761

PDF yuklash
Chop etish


“O’zbekiston-2030” strategiyasida odil sudlovni amalga oshirish

chora-tadbirlari haqida

 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq o’tkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi O’zbekistonni barpo etish yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz to’liq qo’llab-quvvatlaganidan dalolat bermoqda.

Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O’zbekistonni barpo etish bo’yicha xohish-irodasini ro’yobga chiqarish, har bir fuqaroga o’z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog’lom, bilimli va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo’g’iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta'minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023 yil 11 sentyabr kuni “O’zbekiston 2030” strategiyasi to’g’risi”gi

PF-158-sonli Farmoni imzolangan.

Mazkur farmonning 1-sonli ilovasida O’zbekistonning 2030 yilga qadar aniq yo’nalishlarda, barcha sohalarni rivojlantirish bo’yicha maqsadlar belgilangan.

Jumladan, respublikamizda sud-huquq tizimini rivojlantirish va odil sudlovni amalga oshirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilangan.

Xususan:

-sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta'minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish;

-ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko’rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning 50 foizini elektron shaklda kelib tushishini ta'minlash;

-sud tizimini boshqarishga sudyalarning o’zini o’zi boshqarish tamoyilini to’laqonli joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari tizimini to’liq shakllantirish, jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi bo’yicha 0,64 ballni to’plashga erishish maqsadida 

2024 yil yakuniga qadar qonunda belgilangan asoslarda tezkor-qidiruv

va tergov harakatlariga sanktsiya berish masalasini alohida

sudyalar — tergov sudyalari tomonidan ko’rib chiqish tartibi joriy etish;

        -tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan ko’rilayotgan jinoyat ishlarining 100 foizida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini ta'minlashga erishish uchun tadbirkorlik sohasida javobgarlikni yanada liberallashtirish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsni, agar u sud maslahatxonaga kirguniga qadar soliqlar va yig’imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanktsiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o’rnini to’liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish;

-tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan qo’zg’atilgan har bir jinoyat ishi bo’yicha tergov hamda sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan boshlab tadbirkorni himoya qilishga Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik sub'ekti a'zo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etish kabi aniq maqsadlar belgilangan.

Sh.Mirzamalov - Rishton tumanlararo iktisodiy sud sudyasi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram