Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 293 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-10-18 15:32:57    1135

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash hamda ishga yuborish tartibi

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005 yil 7 iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risida”gi Nizom  (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 6 avgustda 1506-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) talablariga asosan oliy ta'lim muassasalarida bitiruvchilarni ishga taqsimlash ular oliy ta'lim muassasasini bitirishidan kamida 1 (bir) oy oldin o’tkaziladi.

Bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta'lim muassasasi rektori tasdiqlagan oliy ta'lim muassasasining taqsimot komissiyasi  tomonidan o’tkaziladi. Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonidan oldin bitiruvchilardan qayerda ishlashni xohlashi to’g’risida so’rov-anketalari to’ldirib olinadi. Shundan sung oliy ta'lim muassasasi taqsimot komissiyasi:

a) bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasasida egallagan ta'lim yo’nalishlari va malakasiga, kadrlarga bo’lgan buyurtmaga asosan hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlaydi;

b) har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi, ish haqi miqdori to’g’risidagi va boshqa zarur ma'lumotlar bilan tanishtiradi;

Oliy ta'lim muassasasi taqsimot komissiyasi ishi tugagandan so’ng bir haftadan, biroq bitiruvchi o’qishni tugatgan kundan so’ng uch kundan kechiktirmay, ishga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga quyidagi hujjatlarni beradi:

oliy ma'lumot to’g’risidagi diplomdan ko’chirma;

ishga yuborilganlik to’g’risidagi yo’llanma (3-ilova);

taqsimot komissiyasi qaroridan va taqsimot ro’yxatidan ko’chirma.

Mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilgan bitiruvchilarga mazkur bandda nazarda tutilgan muddatlarda mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to’g’risida ma'lumotnoma va oliy ma'lumot to’g’risidagi diplomning asl nusxasi beriladi.

Oliy ta'lim muassasasi rektori mazkur bandda ko’rsatilgan hujjatlarni bitiruvchiga o’z vaqtida berilishiga shaxsan javobgardir. Bitiruvchiga belgilangan nusxadagi yo’llanma o’rniga boshqa hujjatlar berilishiga ruxsat etilmaydi.


O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram