Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 297 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

LENBUR MAHALLASIDA TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI O’TKAZILDI

×

 2023-10-11 16:47:52    788

PDF yuklash
Chop etish


Lenbur mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi

So’x tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini o’rganish va hal etish maqsadida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida sektor hududidagi Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazildi. O’tkazilgan qabulda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.


Fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mahalla obodonchiligi, elektr, gaz va suv ta'minotiga doir masalalar, imtiyozli kredit olish va shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar ko’rib chiqildi.


Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, mas'ullar tomonidan murojaatlar joyida hal etilib, ayrim murojaatlarga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram