FUQAROLAR QABULI
2023-10-11 16:43:33 855
Fuqarolar qabuli
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan xalq bilan ochiq muloqot qilish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Unda sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul chog’ida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda turli masalalarga oid 25 dan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, yechimi oson bo’lgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram