KORRUPTSIYA - MILLAT ZAVOLI
2023-10-06 08:38:53 191
Korruptsiya - millat zavoli
Buyuk mutafakkir hazrat Alisher Navoiyning ushbu misralari garchi besh yarim asr ilgari bitilgan bo’lsa-da, bugungi hayotimiz uchun ham hamoxangdir. Zero, jamiyat va davlatning rivojlanishida har bir fuqaroning xalq manfaatini, yurt tinchligi hamda farovonligini o’z manfaatlaridan ustun qo’yishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson umri davomida jamiyatda ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug’ullanar ekan, bu jarayonda uning shaxsiy manfaatlari bilan xalq manfaatlari to’qnash kelishi tabiiy holatdir. Bunday vaziyatda millat kelajagini, davlat va jamiyat manfaatlarini hamda vijdonini o’zining nafsidan, mol-dunyoga bo’lgan xoy-havaslaridan, umuman, o’z manfaatlaridan ustun qo’ymay turib Vatan ravnaqiga hissa qo’shib bo’lmaydi. Buning uchun insonda yuksak ma'naviyat va uning negizida yuksak huquqiy madaniyat shakllangan bo’lishi kerak.
Biroq insonning ana shunday oliy maqsadlarga bo’lgan intilishiga to’siq bo’luvchi va unga xavf soluvchi bir illat borki, u “korruptsiya” deb yuritiladi. Korruptsiya xalqona tilda sodda qilib aytganda, insonni o’z nafsi yo’lida xizmat yoki mansab mavqeidan foydalanib moddiy naf yoki nomoddiy manfaat ko’rishidir.
Ushbu illatga qarshi keskin kurashmay turib davlat va jamiyatni rivojlantirish mumkin emasligini kundalik xayotning o’zi isbotlab berdi. Shu boisdan, 2017 yil 3 yanvarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul kilindi. Ushbu qonunning asosiy maqsadi ham korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Mazkur qonunda korruptsiya tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan bo’lib, korruptsiya - shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan foydalanib o’zinig shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy manfaat olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Ushbu qonunning qabul qilinishi bilan korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Unga ko’ra jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyani oldini olishga doir chora tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huqubuzarliklarni sodir etganligi uchun javobgarlikning muqarraligi printsipini ta'minlashdan iboratdir.
Shunga ko’ra korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari bilan unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika Idoralararo komissiyasi tashkil etildi.
Sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish sohasida faoliyat olib boruvchi sudya va sud xodimlarining ham korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishlari achinarli holat albatta. Shu kabi salbiy holatlarni oldini olish, sudyaning sud hokimiyatining mustaqilligi printsipiga bo’lgan ishonchini yanada orttirish, sud hokimyatini nufuzini oshirish, fuqarolarning sudga bo’lgan ishonchini orttirishni ta'minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda sudyalar bilan tarixiy uchrashuv o’tkazgan. Bu uchrashuv davomida Prezidentimizning “Sudyaning dilida poklik, tilida haqiqat, ongida adolat bo’lishi kerak” deya aytgan so’zlari har bir sudyaning amaliy faoliyatidagi dasturilamal bo’lishi shart.
Qaysiki sudya o’z xizmat vazifalarini bajarish chog’ida ko’ngli dili pok bo’lib, tili haqiqatdan o’zga narsani so’zlamasa, ongida o’z nafsini, o’z manfaatini davlat va jamiyat, xalq manfaatidan ustun qo’yishni o’ylamasa, u chinakam adolatni yuzaga chiqargan bo’ladi.
Sud ishlarini yuritishda shaffoflikni ta'minlash, milliy elektron sud tizimining joriy etilishi esa adolatni ta'minlashning mezonlaridan hisoblanadi. Adolat – xukmron, qonun - ustivor bo’lgan mamlakat barqarordir. Zero, sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarishda “Kuch-adolatda” tamoyiliga qat'iy amal qilgan. Adolat har narsadan ustun bo’lgan Temuriylar davlatining qudrati dunyoni larzaga keltirganiga tarix guvohlik beradi.
Shundek ekan, korruptsiya mavjud bo’lgan har qanday davlat boshqaruvida, har qanday jamiyatning xayotida rivojlanish taraqqiyot bo’lmasligi aniq. Zero Korruptsiya - millatning zavoli deyilishi bejizga emas.
Albatta jonajon O’zbekistonimizning ravnaqi, istiqboli baxtu-kamoli uchun har birimiz bu illat bilan murosasiz kurashishimiz shart va zarur.
I.R.Kuzibayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining rais o’rinbosari
Qodiraliyev Murodjon Yusufjonovich – Farg’ona shahar adliya bo’limi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram