Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 144 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JARAYON

×

 2023-09-26 16:55:56    102

PDF yuklash
Chop etish


JARAYoN


Hududlar infratuzilmasini rivojlantirish va aholiga munosib turmush sharoiti yaratib berish bugungi kunning asosiy va muhim masalalalaridan biri hisoblanadi. Eng chekka qishloqlarda ham bugun dolzarb bo’lib turgan muammo va kamchiliklarning bartaraf etilayotgani fuqarolarimiz manfaati barcha narsadan ustun ekanligining dalolatidir.


Ayni kunda viloyatimizning eng chekka va anklav tumani – So’xda ushbu yo’nalishda arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Turli loyihalar va davlat dasturlari tufayli bugun tumandagi eng chekka qishloqlar ham o’zgacha chiroy va siymi kasb etayotir.


Mustaqillikning oldingi yillari tekis va ravon yo’llar, elektr manbasining barqaror ishlashi kabi masalalar bizning xalq uchun orzuga aylanib qolgan edi. Bugun mana shunday azaliy orzular ushalmoqda.


Tumanimizning chekka hududi – Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida ham bugun xalqning mana shunday azaliy orzularidan biri amalga oshirilmoqda. Mahallaning barcha ko’chalari, hatto ichki yo’llari ham asfaltlashtirilmoqda.


Eng muhimi, asfalt mahsuloti tumanning o’zida ishlab chiqarilmoqda. So’x tumani yo’llardan foydalanish boshqarmasi yo’l bo’limi boshlig’i Zafarjon Mirzoyevning ma'lumotiga ko’ra, tuman yo’lsozlari o’tayotgan yilning shu davriga qadar tumandagi salkam 30 kilometr yo’llariga asfalt qoplamasi yotqizishdi.


Ta'kidlaganidek, mazkur mahallada salkam 9 kilometr yo’llar asfaltlashtiriladi. Ushbu ezgu maqsadga davlatimiz byudjetidan ikki yarim milliard so’mdan ortiqroq mablag’ yo’naltirildi.


Bugun erta Qaqir mahallasidagi barcha yo’llarning ta'mirlanishi oxiriga yetkaziladi. Yo’lsozlarimiz ushbu ezgu amallarini tumanimizning boshqa mahallalarida davom ettiradilar.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram