Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 179 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI? 

×

 2023-09-25 16:36:57    100

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi? 

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti tashkil etiladi

“Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–216-son, 07.07.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, 2023 yil 1 sentyabrdan:

oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;

oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzularini shakllantirish hamda ularni Qishloq xo’jaligi vazirligi bilan kelishish tizimi joriy qilinadi.

“Agrobank” ATBning agromarkazlari va fermerlar maktablari, Savdo-sanoat palatasi tizimidagi sanoat parklari va inkubatsion markazlar, Qishloq xo’jaligida xizmatlar ko’rsatish agentligining hududiy bo’linmalari, shuningdek, o’simliklar va veterinariya klinikalari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlarni qamrab olgan holda agroxizmatlar markazlari faoliyati yo’lga qo’yiladi.

Bundan tashqari, Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta'lim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi.

Xalqaro maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan mustaqil nodavlat umumta'lim muassasasi hisoblanadi.

Xalqaro maktabga o’quvchilar 2023/2024 o’quv yilidan 1-sinfdan hamda 5-sinfdan qabul qilinadi.

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tashkil etiladi:

Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali negizida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

idoralararo Qishloq xo’jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre Of Excellence);

ushbu markazda biotadqiqotlar va texnologiyalar bo’yicha zamonaviy laboratoriyalar majmuasi;

qishloq xo’jaligi ekinlarining birlashgan Genbanki;

Dala ekinlari urug’chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi.


Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram